D

Onamga maktub Bilmayman, qalbmi bu yo bir zindon, Yoki tubsiz bir qorongʻu…

Onamga maktub
Bilmayman, qalbmi bu yo bir zindon,
Yoki tubsiz bir qorongʻu quduq.
Siz uchun soʻzlardan zanjirlar tuzib ,
Tuygʻuyim aytolmay halakman hamon.
Qiyinmikin dersiz dil izhor aytib,
Bir ogʻiz soʻzni chiqarish tildan.
Shubhasiz, mushkuldir ozgina jumla
Jajjigina oltin muhtasham arkdan.
Siz qilgan mehnat-u sabr-toqatga
Sevishimni kuylash naqadar sodda.
Biz uchun toʻkilgan bisyor koʻz yoshga
Durdan marjon tersammi?, sanoqsiz ipga.
Bilib-bilmay gohi bolalik qilib,
Xasta joningizga tagʻin dard borsam.
Bazida qoʻyganda yurak ogʻritib,
Kechirilmas aslo, tilim yulib oʻtsam
Kechiring onajon, kechiring ona.
Toshbag'ir qizingiz tilin toʻymasa.
Aytaman to'ygancha sizni koʻp quchib,
Sizni juda-juda sevaman, Ona!